Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Sayyor xizmat - tayyor imkoniyat


Sayyor xizmat - tayyor imkoniyat


Ko‘chmas mulk ob’yektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig‘majildini shakllantirish natijasida ko‘chmas mulk ob’yekti bo‘yicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.

Mirzaobd tumani adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi tomonidan “Yangi O‘zbekiston” mahallasida o‘tkazilgan tadbirda aynan kadastr pasportini shakllantirish bo‘yicha 18 nafar fuqaroning murojaati qabul qilindi.

Oila, ro‘zg‘or yumushlari bilan band bo‘lib, uyning kadastr pasportini rasmiylashtirish uchun markazga borishga vaqt ajrata olmayotgan edim. Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan mahallamizda sayyor xizmat tashkil etilgani men uchun ayni muddao bo‘ldi. Ular ko‘magi bilan elektron ariza topshirdim, 5 ish kunida murojaatim ko‘rib chiqilar ekan, tezkor xizmat uchun rahmat, - deydi B.Eshnazarova.

Shuningdek, “Yangi O‘zbekiston” mahallasida o‘tkazilgan sayyor xizmat davomida yana 30 nafarga yaqin fuqaroga xizmat ko‘rsatildi. Jumladan, 9 nafar jismoniy va yuridik shaxslarga elektron raqamli imzo olish, 3 nafar fuqaroga bolani maktabgacha ta’lim tashkilotiga navbatga qo’yish bo‘yicha sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lsa, 3 nafar fuqaro Mobil-ID tizimiga identifikatsiya qilindi, 12 nafar fuqaroga davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi va reglamentlar haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati