Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

SIRDARYOLIK INSADER telegram kanalida yakshanba kunlari Sirdaryo viloyati bo‘yicha ishlaydigan notariuslarni ko‘paytirish haqida joylashtirilgan murojaat yuzasidan munosabat


SIRDARYOLIK INSADER telegram kanalida yakshanba kunlari Sirdaryo viloyati bo‘yicha ishlaydigan notariuslarni ko‘paytirish haqida joylashtirilgan murojaat yuzasidan munosabat


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi 156-son “Nodavlat notarial faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

Mazkur Nizomning 11-1-bandida notarius o‘zining ish va dam olish vaqtini mustaqil belgilashi alohida qayd etilgan.  

Sirdaryo viloyatida bugungi kunda 22 ta xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar faoliyat yuritadi.

Aholiga yanada qulaylik yaratish, tezkor va sifatli huquqiy xizmat ko‘rsatish maqsadida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan yakshanba kunlari ishlaydigan xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar ish vaqtini belgilash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilayotgani ma’lum qilinadi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi