Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Tadbirkorni yana "chuv" tushurmoqchi bo'lishdi, holatga adliya aralashdi


Tadbirkorni yana "chuv" tushurmoqchi bo'lishdi, holatga adliya aralashdi

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Sumayya hamkor servis” QMJ rahbari N.Isokjonovning murojaati o'rganildi.

Aniqlanishicha, “Sumayya hamkor servis” QMJ bilan Mirzaobod tuman yo'llardan foydalanish unitar korxonasi o‘rtasida avtomobil transportida xizmat ko‘rsatish uchun 1-sonli shartnoma tuzilgan.

Shartnomaga asosan “Sumayya hamkor servis” QMJ unga tashishlar uchun topshirilgan yukni belgilangan manzilga yetkazib berish majburiyatini oladi, Mirzaobod tuman yo'llardan foydalanish unitar korxonasi esa yukni tashish uchun kelishilgan narxlarda xizmat haqi to'lovini amalga oshirishi lozim edi.

Jamiyat tomonidan shartnomaga muvofiq 9 645 339,72 so‘m miqdoridagi yuklar yetkazib berilib, texnika xizmatlari ko‘rsatilgan. Biroq, Mirzaobod tuman yo'llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan yuklarni tashib berish xizmati uchun belgilangan haq to‘liq to‘lab berilmagan.

O‘rganish davomida Mirzaobod tuman yo'llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan shartnoma shartlari buzilganligi, bajarilgan ish uchun to‘lovlar to‘liq amalga oshirilmaganligi, natijada 6 856 199 so‘m qarzdorlik yuzaga kelganligi ma’lum bo‘ldi.

Taraflar o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan nizolarni muzokara yo‘li bilan hal qilib bo‘lmasa, ular qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinishi nazarda tutilgan.

Shunga ko‘ra, N.Isokjonov tomonidan Mirzaobod tuman yo'llardan foydalanish unitar korxonasiga bir necha marotaba qarzdorlikni to‘lashni so‘rab qilgan og‘zaki va yozma murojaatlariga korxona tomonidan javob berilmagan.

Shartnomaga asosan bajarilgan ishlar haqini o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun kechiktirilgan to‘lov summasining 0,2 foizi miqdorida, ammo kechirtirilgan to‘lov summasining 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorida penya to‘lashi shartligi belgilangan.

“Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 32-moddasiga asosan yetkazib berilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun sotib oluvchi (buyurtmachi) yetkazib beruvchiga o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun kechiktirilgan to‘lov summasining 0,4 foizi miqdorida, ammo kechiktirilgan to‘lov summasining 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorida penya to‘laydi.

Yuqorida qayd etilganlarga asosan Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Sumayya hamkor servis” QMJ manfaatida Guliston tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo arizasi kiritildi.

To‘plangan hujjatlar asosida ish xolisona ko‘rib chiqilib, sudning hal qiluv qarori bilan Mirzaobod tuman yo'llardan foydalanish unitar korxonasi hisobidan “Sumayya hamkor servis” QMJ foydasiga 6 856 199 so‘m asosiy qarz, 2 500 000 so‘m penya undiriladigan belgilandi.



Jahongir Shamirzayev,
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va metodik ta’minlash sho‘basi bo'limi boshlig'i