Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Adliya aralashgach, fuqaro tug‘ruq ta’tilidan so‘ng ishga qaytdi


Adliya aralashgach, fuqaro tug‘ruq ta’tilidan so‘ng ishga qaytdi


Sirdaryo tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro S.To‘ymurodovaning tug‘ish ta’tilidan so‘ng ishga qaytolmayotganidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganildi.

S.To‘ymurodova 2016-yil 13-yanvarda Sirdaryo tuman tibbiyot birlashmasida emlash hamshirasi lavozimiga ishga qabul qilingan.

O‘rganish davomida aniqlanishicha, S.To‘ymurodova tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokorining tegishli bo‘yruqlari bilan 2019-yil 13-noyabrdan 2020-yil 18-martgacha homiladorlik va tug‘ish ta’tiliga, 2020-yil 19-martdan 2022-yil 1-yanvargacha 2 yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi ta’tiliga, 2022-yil 1-yanvardan 2023-yil 1-yanvarga qadar 3 yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi ta’tiliga chiqarilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 234-moddasida homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugaganidan keyin ayolning xohishiga ko‘ra unga bolasi ikki yoshga to‘lguniga qadar bolani parvarishi uchun ta’til berilib, bu davrda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nafaqa beriladi. Ayolga, uning xohishiga ko‘ra, bolani uch yoshga to‘lguniga qadar parvarishlash uchun ish haqi saqlanmaydigan qo‘shimcha ta’til ham beriladi. Bolani parvarishlash davrida ayolning ish joyi (lavozimi) saqlanadi, deb ko'rsatilgan.

Shunga ko‘ra, Sirdaryo tuman adliya bo‘limi tomonidan mazkur murojaat ijobiy hal etildi.

Adliya aralashuvi bilan S. To‘ymurodova Sindarobod 30-sonli oilaviy poliklinikada tibbiyot brigada hamshirasi lavozimida mehnat faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi.



Kamoliddin Ernazarov,
Sirdaryo tuman adliya bo‘limi boshlig‘i