Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

"Hokimlik soati"da qonunchilikdagi yangiliklar tushuntirildi


Oqoltin tuman hokimligida o‘tkazilgan “Hokimlik soati”da hafta davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olinishi bilan bir qatorda davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining huquqiy savodxonligini oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbirda tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Alisher Ziyayev tomonidan hafta davomida qabul qilingan yangi normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish sohasida davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, “Raqamli texnologiyalar yo‘nalishida eng yaxshi startap” tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi, “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 50-son va 51-son qarorlari hamda boshqa bir qator qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati