Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

“Qizil” hudud toifasiga kirgan mahallarda tushuntirish-targ‘ibot ishlari davom etmoqda


Shirin shahrida jinoyatchilikni oldini olish, huquqbuzarliklarni keskin kamaytirish maqsadida jinoyatchilik soni oshgan, “qizil” hudud toifasiga kirgan mahallarda tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. MIrzo Ulug‘bek mahallasi “qizil” hudud sifatida belgilangan.


Adliya bo‘limi hamda IIB mas’ullarining ushbu mahalla aholisi bilan bo‘lib o‘tgan muloqoti mobaynida sodir etilgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari va ularning sodir etilishiga imkon yaratib bergan shart-sharoitlar keng muhokama qilindi.


Hududda firibgarlik jinoyatini oldini olish, ushbu turdagi jinoyatlardan jabrlanib qolish xavfi yuqori bo‘lgan fuqarolar bilan alohida viktimologik chora-tadbirlar o‘tkazilishi lozimligi tushuntirilib, mahalla xavfsizligi borasida har bir fuqaroning faolligi muhim ekanligi ta’kidlandi.  


Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Respublikasining "Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida"gi "Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida"gi, "Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi Qonunlarini mazmun-mohiyati tushuntirildi.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati