Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Xotin-qizlar huquqlari qonun himoyasida


Mamlakatda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, sog‘lig‘ini saqlash, kasbga o‘qitish va bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni ta’minlash borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.

“Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni mustahkamlash, ularning huquqiy himoyasini kuchaytirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.


Boyovut tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan tashkil etilgan targ‘ibot tadbirida mazkur qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Tadbirda tuman maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari va kadrlar bo‘yicha menejerlari ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek, ushbu qonun bilan ilk bor milliy qonunchiligimizda «gender» tushunchasiga ta’rif berilgan.

Unga ko‘ra, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, ushbu sohada davlat boshqaruvi mexanizmlari belgilandi.


Muloqotda xotin-qizlarning gender kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasida Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyaning asosiy vazifalari haqida ham keng ma’lumotlar berildi.

Darhaqiqat, gender tenglik jamiyat rivojida muhim, ijtimoiy munosabatlarda dolzarb ahamiyatga ega. Tadbirda xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirish, ayollarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash borasidagi tizimli ishlar haqida fikr-mulohazalar bildirilib, ishtirokchilarni mavzu yuzasidan qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati