Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Energetik barqarorlikni ta’minlash yo‘lida


Prezidentining “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori O‘zbekistonda “yashil” iqtisodiyotga o‘tish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish, energiya samaradorligini oshirish orqali respublika hududlarida energiya taqchilligi qoplanishini ta’minlash, bu boradagi ishlarni kompleks tashkil etish hamda investorlar uchun qulay sharoitlar va rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy qilish yo‘lidagi muhim tarixiy hujjat bo'ldi.

Boyovut tuman Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan tuman Irrigasiya bo‘limida tashkil etilgan targ‘ibot tadbirida mazkur qaror mazmun-mohiyati xususida so‘z bordi.

Ta’kidlanganidek, ushbu qaror energetik barqarorlikni ta’minlash yo‘lida yana bir muhim qadamdir.

Qarorda 2023-yilda umumiy quvvati 4 300 MVt bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ishga tushirish orqali qo‘shimcha 5 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish va buning natijasida 4,8 milliard metr kub tabiiy gazni iqtisod qilish belgilanmoqda.

“Quyoshli xonadon” dasturi asosida 2023-yilda 37 ming aholi xonadonlarida kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatish rejalashtirilmoqda.

Tadbirda qaror mazmun-mohiyati va ahamiyati batafsil tushuntirildi.

Shuningdek, tadbir mobaynida yangi qabul qilingan bir qator qonunchilik hujjatlari, xususan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish sohasida davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, “2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmoni mazmun-mohiyati tushuntirilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollariga tegishli javoblar berildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati