Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Jamoatchilik nazoratini olib borishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘rni muhim


Bugun yurtimizda mahalla tizimiga bo‘lgan e’tibor tubdan o‘zgardi. Aholi bilan bevosita ishlashning eng samarali mexanizmi - mahallabay va fuqarobay ishlash uslublari yaratildi. Tom ma’noda, mahalla o‘zini o‘zi boshqarishning xalqona tizimi sifatida jamiyat hayotini tashkil etishda tobora faol ishtirok etmoqda.


Albatta, fuqarolar yig‘inlariga bosh bo‘ladigan bugungi kunning raisi (oqsoqoli)ning vazifasi aniq, mas’uliyati yuksak. Buning uchun o‘z faoliyatlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘lga qo‘yishlari lozim bo‘ladi. Jamoatchilik nazoratini olib borishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ham o‘rni muhim.


Respublika idoralararo ishchi guruhi tashrifi munosabati bilan Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Boyovut tumani “Usmon Yusupov” mahallasida tashkil etilgan seminarda fuqarolarning o‘zini boshqarish organlarining jamoatchilik nazorati sub’yekti sifatidagi faoliyati, ularning ushbu sohadagi vakolat va huquqlari tushuntirildi.


Tadbirda Adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Bobur Nazarov, Boyovut tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Otabek Xolmatov, tumandagi mavjud 39 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari ishtirok etdi.


Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonuni davlat organlari va muassasalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini tashkil etish hamda amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.


O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari jamoatchilik nazorati sub’yektlaridir.


Seminarda jamoatchilik nazoratining shakllari, jamoatchilik muhokamasi, jamoatchilik monitoringi va ekspertizasini o‘tkazish hamda jamoatchilik fikrini o‘rganishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ishtiroki haqida keng ma’lumotlar berildi.


Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan davlat organlari mansabdor shaxslarining hisoboti va axborotini eshitish kabi shakllarda amalga oshirilishi ham jamoatchilik nazoratida muhim vosita. Tadbirda jamoatchilik nazoratini yangi bosqichga olib chiqish, har bir sohada uning imkoniyatlaridan unumli foydalanish yuzasidan takliflar o‘rtaga tashlandi.

Yakunda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga tеgishli javoblar berildi.



Sirdaryo viloyat adiya boshqarmasi Axborot xizmati