Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida nimalar o'zgardi?


Jamiyatda yuzaga kelayotgan yangi munosabatlar ularni tartibga soladigan qonunchilik normalarini yangilanishiga o‘zgarishiga va o‘z navbatida bekor bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Kishilarning mehnatga oid munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan eng asosiy qonunchilik hujjatlaridan biri bo‘lgan Mehnat kodeksi yangi tahrirda qabul qilindi.

Guliston davlat universtitetida tashkil qilingan tadbirda kodeks mazmun-mohiyati targ'ib qilindi.

Unda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimi X.Sulaymonbekova Yangi tahrirdagi mehnat kodeksining eskisidan farq qiluvchi jihatlari, qo'shilgan yangi normalar va ularning ahamiyati haqida o'z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Xususan, yillik asosiy ta’til muddati kamida 21 kalendar kun etib belgilanayotgan bo‘lsa, amaldagi tartibga ko‘ra, 15 ish kunidan kam bo‘lmasligi lozimligi, qo‘shimcha ta’til xodimning har 5 yilllik ish staji uchun 2 kunga, lekin jami 8 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga ko‘paytirilishi, yangi mehnat kodeksiga ko‘ra 18 yoshga to‘lmagan xodimlarni, homilador ayollarni va mehnat sharoitlari o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlarda band bo‘lgan xodimlarni har yilgi mehnat ta’tilidan chaqirib olishga yo‘l qo‘yilmasligi, yangi Mehnat kodeksiga ko‘ra, xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvini o‘tkazish instituti kiritilayotganligi va boshqa yangiliklar haqida ma’lumotlar berildi.


Shuningdek, tadbir davomida adliya boshqarmasining intelektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘yicha bosh maslahatchisi A.Axrorov “Intelektual mulk ob’yektlarining huquqiy muhofazasi va himoyasi” mavzusida ma'ruza qilib, unda mualliflik huquqi va turdosh huquqlar, ularning tushunchasi, davlat tomonidan muhofaza qilinishi, ushbu sohada qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati hamda ushbu sohadagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralari haqida to'xtalib o'tdi.


Seminar yakunida ishtirokchilarning qiziqtirgan savolariga javoblar berildi hamda  mavzularga doir infografika va flayerlar tarqatildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati