Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Kasbga sadoqat - umr saodati


Umrini jamiyat rivojiga, yurt tinchligi va osoyishtaligini ta’minlashga bag‘ishlab, halol mehnat qilgan xodim hamisha e’tiborda bo‘ladi. Adliya va sud-huquq tizimida 50 yilga yaqin xizmat qilgan Nazar Qarshiboyev ana shunday xodimlardan biri.


So‘nggi yillarda Guliston shahar adliya bo‘limi boshlig‘i lavozimida samarali mehnat qilgan bu inson ehtirom bilan faxriylikka kuzatildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida tashkil etilgan tadbirda Nazar Qarshiboyevning jamiyatda adolat barqarorligi, qonun ustuvorligini ta’minlash yo‘lidagi ko‘p yillik samarali mehnatlari alohida e’tirof etildi.


- Biz Sizni, ishchan, tashabbuskor, fidoyi xodim sifatida bilamiz, hurmat qilamiz. Sizning bilimingiz, kasbga sadoqatingiz, faolligingiz yoshlarga namuna bo‘la oladi.Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi jamoasi tizim rivojiga qo‘shgan salmoqli hissangizni qadrlaydi va e’zozlaydi, - dedi Adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Satttarov.


Tadbirda Sirdaryo viloyat sudi, Guliston shahar hokimligi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar mas’ullari so‘zga chiqib, faxriyning sud-huquq sohasidagi ko‘p yillik halol mehnati va fuqarolarga huquqiy xizmat ko‘rsatishdagi jonbozligi haqida fikr-mulohazalar, samimiy dil izhorlari, tilaklar bildirishdi.


-  Adliya, sud-huquq sohasida xizmat qilish katta mas’uliyat, sabot va matonat, ham sharaf. Faoliyatim davomida xalq bilan birga bo‘ldim, ularning orzu-umidlari, o‘y-tashvishlari adolatli qarorlar qabul qilish va huquqiy ko‘mak ko‘rsatishimga turtki bo‘ldi, - deydi Nazar Qarshiboyev. Kimgadir foydang tegsa, unga yordam qo‘lini cho‘zsang, muammosiga huquqiy yechim topishda ko‘maklashsang va o‘sha insonning chehrasida mamnunlik ifodasini sezsang, bu katta baxt.


An’anaga ko‘ra pensiyaga kuzatilayotgan Nazar Qarshiboyevga milliy to‘n va do‘ppi kiydirildi hamda esdalik sovg‘alari taqdim etildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati