Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Huquqiy targ'ibot - yuksak huquqiy savodxonlik asosi


Guliston shahar Adliya bo`limi yuridik xizmat ko`rsatish markazi Bosh yuriskonsulti Boirov va Ortiqovlar tomonidan Oʼzbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy taʼlim dasturini tasdiqlash toʼgʼrisida“gi Prezident qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida Guliston shahar Xalq ta'limiga qarashli 1-sonli umumta'lim maktabida targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

Qarorga koʼra, 2023/2024-oʼquv yilidan professional va oliy taʼlim tizimida “Inson huquqlari”, “Аyollar huquqlari”, “Bola huquqlari” boʼyicha oʼquv va maxsus kurslar joriy etilishi va 2023-yil 1-iyungacha mazkur kurslar joriy etiladigan professional va oliy taʼlim tashkilotlarining aniq roʼyxati shakllantiriladli. Tadbirda qonunchilikdagi ushbu yangiliklar haqida to'liq ma'lumotlar berildi.

Qizg'in bahs-munozara asosida o'tgan tadbir davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga markaz xodimlari tomonidan tegishli javoblar berildi.

Guliston shahar Adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi