Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Guliston shahrida aholiga sayyor xizmat ko'rsatildi


Shu kunlarda Guliston shahar adliya boʻlimi xodimlari tomonidan shahar hududida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subʻektlari bilan yuzma-yuz muloqotlar, uchrashuvlar tashkil qilinib, ularning qonuniy huquqlari tushuntirilmoqda. Bugungi kunga qadar 30 nafardan ortiq tadbirkorlar bilan suhbatlashildi. Jarayonda sayyor davlat xizmatlari ham ko’rsatildi.

Sayyor xizmat davomida Guliston shahar Yangi hayot MFYda xalqqa xizmat qilayotgan 3 nafar tadbirkorlarning faoliyati qonuniylashtirilib, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtkazildi.

Bundan tashqari, 9 nafar jismoniy va yuridik shaxslarga elektron raqamli imzo olish bo‘yicha sayyoq davlat xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lsa,  3 nafar fuqaro Mobil ID tizimiga identifikatsiya qilindi, 12 nafar fuqaroga davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi va reglamentlar haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati