Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Ziyo maskanida targ'ibot


Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi Farmoni 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarga muvofiq aholining hayot darajasini yanada yuksaltirish, ta’lim sifatini ilg‘or xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasidagi islohotlarimizni yangi bosqichga olib chiqish maqsadini o'zida ifoda etadi.

Sirdaryo tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi xodimlari tomonidan mazkur farmon mazmun-mohiyati keng targ'ib qilinmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Sirdaryo tuman Alisher Navoiy nomidagi milliy axborot kutubxona markazida tashkil etildi.

Xodimlarning huquqiy savodxonligini oshririshga qaratilgan mazkur tardbir qizg'in savol-javoblarga boy bo'ldi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati