Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Bayram muborak, adliya ayollari!


Ayol – go‘zallik, cheksiz mehr-muhabbat va sadoqat timsoli, u bor maskanga fayz kiradi. U bir vaqtning o‘zida sevimli rafiqa, jonkuyar ona, orasta uy bekasi bo‘lishi bilan birga jamiyat va davlat boshqaruvida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan insondir.

8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida bayram tadbiri tashkil qilindi.

Boshqarma boshlig‘i Salohiddin Sattarov tashkilotda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni ulug' ayyom bilan samimiy tabriklab, xotin-qizlarning jamiyatda, oilada tutgan o'rni beqiyos ekanligini alohida e'tirof etdi.  

Tadbir davomida yo‘llangan bayram tabriklarida ayollar ulug‘landi, madh etildi.

Bir so'z bilan aytganda, samimiy dil izhorlari ila adliya ayollariga bayramona kayfiyat ulashildi.

Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi Axborot xizmati