Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

FEVRAL OYINING ENG YAXSHI XODIMI ANIQLANDI


    Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida 2023-yilning fevral oyida Sirdaryo tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Kamoliddin Ernazarov “Oyning eng yaxshi xodimi” deb topildi.
    Ernazarov Kamoliddin Minovarovich 2009-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos. 2013-2018 yillarda turli mas’ul lavozimlarda, 2018-2021-yillarda Sirdaryo tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi lavozimida ishlagan.
    K.Ernazarov 2021-yildan Sirdaryo tuman adliya bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
    Adliya boshqarmasi jamoasi Kamoliddin Ernazarovni ushbu e’tirof bilan qutlab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

    Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati