Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Sayyor qabulda huquqiy muammolar o'rganildi


Guliston shahar “Ulugʻobod” mahallasida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari B.Nazarovning sayyor qabuli boʻlib oʻtdi.


Tashkil etilgan sayyor qabulda aholining muammolari oʻrganildi. Jarayonda Guliston shahar adliya boʻlimi, notarius, advokat, yuridik xizmat koʻrsatish markazi, FHDY xodimlari, shuningdek shahar bandlikka koʻmaklashish boʻlimi, shahar pensiya jamgʻarmasi, tijorat banklari, tibbiyot birlashmasi xodimlari tomonidan aholiga tegishli huquqiy maslahatlar berildi.


Sayyor qabulda 29 ta murojaatlar kelib tushdi, shundan, 5 ta murojaat joyida oʻz yechimini topdi, 14 tasiga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi va oʻrganish muddat talab qiladigan 10 ta murojaat ish yurituvga qabul qilib olindi.


Tadbirda “Vorislik huquqi” aksiyasi doirasida Guliston shahrida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Q.Qarshiboyev tomonidan mahalla aholisining vasiyatnoma va meros masalalari boʻyicha muammolari yuzasidan tegishli tushuntirislar berildi.


Bundan tashqari, fuqarolarga 10 ga yaqin sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi. Elektron raqamli imzo olish, Mobil-ID ga ulanish, Bolalarni davlat maktabgacha taʻlim muassasasiga navbatga qoʻyish, sanatoriyada davolanish uchun yoʻllanmalar berish, kadastr pasportini shakllantirish kabilar shular jumlasidandir.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati