Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

FUQAROLAR QONUN OLDIDA TENGDIRLAR


Qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi, shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish, fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini muhofaza qilish, aybsizlik prezumpsiyasi qamoqda saqlashning asosiy prinsiplaridir.

O‘zbekiston Respublikasining “Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni jinoyat sodir etganlikda gumon qilinib ushlab turilgan shaxslarni va o‘ziga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan shaxslarni qamoqda saqlash tartibi hamda shart-sharoitlarini, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari kafolatlarini belgilashda mustahkam huquqiy asosdir.

Xovos tuman adliya bo‘limi tomonidan tumanda 8-son tergov hibsxonasida tashkil etilgan huquqiy targ‘ibot tadbirida mazkur Qonun mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.

Tadbir yakunida xodimlarni qiziqtirgan barcha savollarga tegishli javoblar berildi.


Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi Axborot xizmati