Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Sanʼatkorlar va mulkiy huquqlarini jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot vakillari ishtirokida targ'ibot tadbiri tashkil qilindi


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi Sirrdaryo viloyat boʻlimi bilan hamkorlikda “Kontrafaktsiz oy» oyligiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi ijrosi yuzasidan Guliston shahar 1-son Bolalar musiqa va sanʼat maktabining faollar zalida targʻibot tadbiri tashkil qilindi.
Mazkur tadbirda sanʼatkorlar va mulkiy huquqlarini jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot vakillari ishtirok etdi.
Tadbir boshqarma bosh maslahatchisi T.Turdibekov soʻzga chiqib, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar hamda ularni davlat tomonidan muhofaza qilinishi yuzasidan maʼruza qildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan mualliflik huquqi va turdosh huquqlar sohasida ular tomonidan duch kelayotgan muammolar yuzasidan berilgan savollarga javoblar berildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy axborot tarqatish bo'limi