Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Biz kontrafaktga qarshimiz!


Inson yashashi davomida mavjud ehtiyojlarini qondirish uchun albatta bozorlarga, savdo majmualariga, dorixonalarga murojaat qiladi. Afsuski, e’tiborsizlik oqibatida asl va qalbaki mahsulot o‘rtasidasigi farqni sezmaydi.

Ma’lum bir mahsulot yoki buyumga o‘xshatma - kontrafakt mahsulotlarning sotuviga yo‘l qo‘ymaslik esa qat’iy nazoratda. Kontrafakt mahsulotlar sotilishiga qarshi samarali kurashishni ko‘zda tutuvchi «Kontrafakatsiz oy” oyligi doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlar ana shunday noqonuniy savdo bilan shug‘ullanishning oldini olishga qaratilgan.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi, bojxona boshqarmasi, Sayxunobod tumani hokimligi, Savdo-sanoat palatasi Sayxunobod tumani bo‘limi bilan hamkorlikda Sayxunobod tumanidagi “Akaltin Logistics Center” MCHJ QKda tashkil etilgan targ‘ibot tadbirida ayni mavzuda so‘z bordi.

Mazkur qo'shma korxona yiliga 50 000 tonna turli xildagi tovarlarni yuklash va tushirish quvvatiga ega. 2022-yil davomida korxona tomonidan 625821 ming AQSH dollari miqdorida tashqi savdo operatsiyasi amalga oshirilgan.

Sayxunobodlik tadbirkorlar ishtirokida o'tkazilgan mazkur tadbirda Adliya boshqarmasi mas’ullari tomonidan kontrafakt mahsulotlar, ularni realizasiyasiga qarshi kurashish, tovar belgilariga bo‘lgan huquqlar buzilishi, mualliflik huquqlari va buning uchun javobgarlik bo‘yicha ishtirokchilarga keng ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, ushbu yo‘nalishda bojxona mas’ul xodimi tomonidan intellektual mulk huquqini himoya qilish, kontrafakt tovarlarga qarshi kurashishda bojxona organlarining roli va intellektual mulk ob’yektlariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan to‘xtalib o‘tildi.

Darhaqiqat, kontrafakt tovarlarni ishlab chiqarish va sotish nafaqat original ishlab chiqaruvchilarning intellektual mulkka bo‘lgan huquqlarini buzadi, balki iste’molchilarning hayoti va sog‘lig‘iga ham xavf soladi.

"Kontrafaktsiz oy" oyligini o'tkazishdan kutilayotgan natija esa tadbirkorlar o'rtasida halol raqobatga kirishishni targ'ib qilish, intellektual mulk ob'ektlari, toar belgisi, sanoat namunasi daxlsizligini ta'minlash va asosiysi, iste'molchilarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati