Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Sirdaryoda "Vorislik huquqi" aksiyasi davom etmoqda


Xabaringiz bor, ayni kunlarda respublikamizning barcha hududlarida Adliya vazirligi hamda O‘zbekiston notarial palatasi bilan hamkorlikda “Vorislik huquqi” aksiyasi o‘tkazilmoqda.

Mazkur aksiya oilalarda meros bilan bog‘liq nizolarning oldini olish, shuningdek fuqarolarning mol-mulkka bo‘lgan huquqlarini ta’minlash, ularning bu sohadagi huquqiy bilimlarini yanada oshirish maqsadini ilgari suradi.

Ayni kunlarda Sirdaryo viloyatida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar hamda hududiy adliya bo‘limlari xodimlari tomonidan joylarda targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Shirin shahar “Mirzo Ulug‘bek” mahallasida bo‘lib o‘tgan tadbirda adliya bo‘limi boshlig‘i Ikrom Hakimov va Shirin shahrida xususiy amaliyot bilan shugʼullanuvchi notarius Mirzo Ulug‘bek Shukurov tomonidan meros, vasiyat bo‘yicha vorislik kabi masalalarda huquqiy tushunchalar berilib, bu borada aholini qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

Aksiya doirasidagi tadbirlar viloyat bo‘ylab davom etmoqda.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati