Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

"Qizil" hududlarda manzilli targ'ibot


Jinoyatchilikka qarshi kurashish barcha davrlarda ham davlatning jiddiy va muhim masalasi bo'lib kelgan. Inson tinch va xotirjam yashashni hohlaydi. Albatta, tinchlik bo‘lgan joyda baraka va rivojlanish bo‘ladi.

Sohaga mas’ul bo‘lgan idoralarning asosiy vazifasilaridan biri jinoyatchini topish va jazolash emas, balki jinoyat sodir etilishiga sharoit yaratib bergan holatlarni aniqlash, ayniqsa tizimli muammolarni bartaraf etish choralarini ko'rishdan iborat.  Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosini taminlash maqsadida Sirdaryo tuman adliya bo'limi va Ichki ishlar bo'limi bilan hamkorlikda «qizil» toifaga kiruvchi "Yoshlik" mahallasida manzilli targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

Aholi bilan muloqot davomida mahallada ijtimoiy muhitni barqarorlashtirish, har bir oilada farzand tarbiyasiga alohida e'tibor qaratish, ishsizlikka qarshi kurashish, tomorqadan unumli foydalangan holda oilaviy daromadni oshrish masalalarida fikr-mulohazalar bildirilib, "Mening mahallamda jinoyat sodir bo'lmasligi kerak" tamoyili har bir fuqaroning shioriga aylanishi alohida ta'kidlandi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati