Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

“O‘zbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlari taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qo‘shma loyihasi mutaxassislari ishtirokida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida muloqot tashkil etildi


O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot Dasturining “O‘zbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlari taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qo‘shma loyihasi mutaxassislari ishtirokida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida muloqot tashkil etildi.

Uchrashuvda qo‘shma Loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, Loyiha davlat xizmatlarini taqdim etish mexanizmlarini takomillashtirish orqali, ayollar, yoshlar va bolalar, qariyalar va nogironligi mavjud shaxslar kabi qishloq joylardagi aholining zaif qatlamlarining hayot sifatini yaxshilashga, ularning xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va sifatini yaxshilashga yordam beradi.

Muloqotda davlat idoralari va davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini insonlarga xizmat qiladigan hamda eng muhim masalalarni hal qiladigan vositaga aylantirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, tadbirda xizmatlar sifatini oshirish, xodimlarning kasbiy va psixologik ko‘nikmalarini shakllantirish, qishloq joylaridagi davlat xizmatlariga e’tibor qaratish orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari hayotini yaxshilashga ko‘maklashish kabi masalalar atroflicha muhokama qilinib, hamkorlikdagi ishlarni yanada kuchaytirishga kelishib olindi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati