Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risidagi milliy va xalqaro qonunchilik ijrosini ta’minlashda nodavlat notijorat tashkilotining o‘rni


Respublika “ISTIQBOLLI AVLOD” ijtimoiy-axborot markazi Sirdaryo viloyati bo‘limi tashabbusi bilan Sirdaryo viloyati hokimligi va Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy komissiya a’zolari uchun davra-suhbati o‘tkazildi.  

Davra-suhbatida dastlab Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy komissiyasi hamda RIAM “ISTIQBOLLI AVLOD” Sirdaryo viloyati bo‘limi tomonidan 2022-yil davomida odam savdosiga qarshi kurashish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Muloqotda odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni identifikasiya qilish va qayta yo‘naltirish borasida viloyatda olib borilayotgan ishlar, "qayta yo‘naltirish" mehanizmi, odam savdosi jabrlanuvchilariga manzilli yordamlar ko‘rsatish hamda sohada uchrayotgan kamchiliklar haqida fikr-mulohazalar yuritildi.

Tadbirda adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Akbar Ahrorov mavzu doirasida o‘z fikr-mulohazalari bilan ishtirok etdi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati