Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Vasiyatnoma vorislikka doir nizolarni oldini oladi


Qonu-qarindoshga mehr-oqibatli bo'lish, “jigarchilik” an’analari azaldan xalqimiz turmush tarzining bir bo'lagi bo'lib kelgan. O'z o'rnida aka-uka, opa-singillarning bir-biriga hurmat va izzatda bo'lishi har bir o'zbek oilasida tarbiyaning eng muhim hamda eng go'zal ko'rinishi hisoblangan.

Afsuski, so'ngi yillarda qondoshlarning mol-mulk majorolari sabab bir-biri bilan begonalashib ketayotganligi, mulk talashib idorama-idora sarson yurganliklarining juda ko'p guvohi bo'lamiz.

Aksaryat hollarda bu kabi holatlar farzandlarning marhum ota-onalaridan qolgan meros mol-mulklarini bo'lisha olmay, murosaga kela olmasliklaridan kelib chiqmoqda. Kimdir qonun bo'yicha marhumdan qolgan meros mol-mulkidan ulush olishga haqli aka-ukasi yoki opa-singlisini yashirgan, yana kimdir esa na meros mol-mulkidan o'z ulushini olish uchun murojaat qiladi va na meros mol-mulkidagi ulushidan voz kechadi.

Merosxo'rlarning yuqoridagidek yashirilishi yoxud meros mol-mulkini taqsimlashda yuzaga kelayotgan nizolar alaloqibat jigarlar o'rtasidagi mehr-oqibatning ko'tarilishiga, ba’zan esa hatto jiddiy janjallashishlarga sabab bo'lmoqda.

Shu bois vafotidan so'ng farzandlari o'rtasida mol-mulk borasida kelishmovchiliklar yuzaga kelishini xohlamagan ota-onalar tiriklik chog'laridayoq vasiyatnoma qoldirish yo'lini tanlaydilar.

Tirik insonning vasiyatnoma qoldirishi quloqqa biroz “noxush” eshitilishi mumkin, ammo bu juda to'g'ri va maqbuldir.

O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksining 1120-1133-moddalari aynan vasiyat bo‘yicha vorislik qoidalariga bag'ishlangan bo'lib, Kodeksning 1120-moddasi, 3-qismiga asosan fuqaro o‘zining barcha mol-mulkini yoki uning muayyan qismini qonun bo‘yicha merosxo‘rlar doirasiga kiradigan, shuningdek kirmaydigan bir yoki bir necha shaxsga, shu bilan birga yuridik shaxslarga, davlatga yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga vasiyat qilishi mumkin.

Vasiyatnoma qoldirishning avfzalliklari talaygina. Jumladan, siz istalgan notarial idorada vasiyatnomani rasmiylashtirishingiz va keyinchalik xohlagan vaqtingizda mazkur vasiyatnomaga tuzatish, o'zgartirish kiritishingiz va yoki bekor qilish haqidagi arizangiz orqali uni bekor qildirishingiz mumkin.

E’tiborli jihati meros ochilgunga qadar vasiyatnomaning mazmuniga, uning tuzilishi, bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishiga daxldor ma’lumotlarni notarius, vasiyatnomani tasdiqlovchi boshqa mansabdor shaxs, shuningdek vasiyat qiluvchining o‘rniga vasiyatnomani imzolagan fuqaro tomonidan sir saqlanadi.

Meros qoldiruvchi har qanday mol-mulk to‘g‘risidagi farmoyishni o‘z ichiga oladigan vasiyatnoma tuzishga haqli.

Meros qoldiruvchi vasiyat qilayotgan paytida o‘ziga tegishli bo‘lmagan mol-mulk to‘g‘risidagi farmoyishni o‘z ichiga oladigan vasiyatnoma tuzishga haqli. Agar meros ochilgan paytga kelib, bunday mol-mulk unga tegishli bo‘lib qolsa, tegishli farmoyish haqiqiy hisoblanadi.

Ya’ni siz hattoki vasiyatnoma rasmiylashtirish vaqtida o'zingizga tegishli bo'lmagan mol-mulklarni ham vasiyat qilib qoldirishingiz mumkin. Biroq, vasiyat bo'yicha meros guvohnomasi berishda mazkur vasiyat qilib qoldirilgan meros mulki sizga tegishli yoki tegishli emasligi notariuslar tomonidan tegishli tartibda tekshiriladi. Agar, meros ochilgan vaqtga kelib sizda mazkur mulklarga nisbatan egalik huquqi mavjud bo’lgan bo'lsa, mazkur mulklarga nisbatan sizning farmoyishingiz haqiqiy hisoblanadi.

Vasiyatnomalarning notarial tartibda tasdiqlanishining qulaylik tomonlaridan yana biri, bu turdagi notarial harakatda ortiqcha hujjatlar talab qilinmaydi. Vasiyatnoma matnida sizning shaxsingizga doir ma’lumotlar to’g’ri va aniq kritilishini ta’minlash yuzasidan shaxsni tasdiqlovchi hujjatingizdan foydalaniladi.

Eng muhim jihatlaridan biri, sohadagi zamonaviy imkoniyatlardan kelib chiqib, vasiyatnoma rasmiylashtirishda vasiyat qoldiruvchining barmoq izlari tizimga kritiladi hamda  bu turdagi notarial harakatni tasdiqlash jarayonlarining majburiy audio va video yozuvlari qayd qilinadi. Bu esa o'z navbatida kelgusida kelib chiqishi mumkin bo'lgan nizoli vaziyatlarning oldini olinishida muhim omildir.


Laziza Mamajonova,
Sirdaryo viloyat adliya boshqarnmasi Huquqiy xizmatlar bo'limi yetakchi maslahatchisi