Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Sirdaryo viloyati xalq qabulxonasida seminar tashkil etildi


Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik holatlarida ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha javobgarlik subektlari, tarkibi, sanksiyalar hamda amaliyotda yuzaga keladigan muammolarni hal etish yo'llari. Sirdaryo viloyati xalq qabulxonasida tashkil etilgan seminarda ayni mavzu muhokamalar markazida bo'ldi.
Tuman (shahar) xalq qabulxonalari rahbarlari va xodimlari ishtirok etgan mazkur taddbirda Sirdaryo viloya adliya boshqarmasi mas'ul xodimi To'lqin Turdibekov tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi, ushbu yo'nalishda qonunchilik bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun javobgarlik masalalari, murojaatlarni ko'rib chiqishda qonunchilik talablari buzilgan taqdirda belgilangan javobgarlik choralari haqida tushuntirishlar berildi.
Tadbir savol-javob, munozaraga boy bo'ldi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati