Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Guliston tumanida joylashgan 40-son manzil koloniyada targ‘ibot tadbiri tashkil qilindi


Sirdaryo viloyat prokuraturasi, adliya boshqarmasi, bandlik bosh boshqarmasi hamkorligida Guliston tumanida joylashgan 40-son manzil koloniyada targ‘ibot tadbiri tashkil qilindi.

Mazkur tadbir 2023-yil 15-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratildi.

Ta’kidlandiki, “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida” gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tash davrida bajaradigan har qanday ishi, agar ushbu ish bajarilgan davr uchun jazoni ijro etish muassasasi tomonidan ijtimoiy soliq to‘langan bo‘lsa, pensiya tayinlashda ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.


Shuningdek, Qonun bilan ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar ishdan bo‘sh soatlarda, tungi dam olish uchun ajratilgan vaqtdan tashqari, kinofilmlar va teleko‘rsatuvlar ko‘rish, radio eshittirishlar eshitish huquqiga ega ekanligi mustahkamlandi.

Bundan tashqari, muloqot davomida “Jinoyat-ijroiya kodeksi”ga mahkumning axloq tuzatish yo‘liga o‘tganligini aniqlash, xususan, uning mehnatga qanchalik vijdonan munosabatda bo‘lishi, madaniy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etishi, belgilangan ichki tartib-qoidalarga rioya etishi yoki yo‘qligini aniqlash mezonlari kiritilganligi xususida tushuntirish berildi.

Tadbir nihoyasoda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati