Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Vasiyatnoma qoldirish qadriyatlarimizga xos (emasmi?)


Vasiyat so‘zi arab tilidan olingan bo‘lib, o‘lim to‘shagida yotgan kishining so‘nggi topshirig‘i ma’nosini ifodalaydi.
Vasiyatnoma qoldirish tarixi juda qadimdan mavjud.
Xususan, “Qur’oni karim”da “Birovingizga o‘lim kelgan paytda agar u o‘zidan keyin mol-dunyo qoldirayotgan bo‘lsa, adolat-to‘g‘rilik bilan ota-onaga, qarindosh-urug‘ga vasiyat qilishi farz etiladi”, deb qayd qilingan.
Ota-ona vafotidan keyin tug‘ishgan qarindoshlarning meros talashishi qadriyatlarimizga xos bo‘lmasada, amaliyotda vorislar o‘rtasida ko‘plab nizolar uchrayotganligi ,afsuski, haqiqat.
Vasiyatnoma qoldirilmagan holatda merosxo‘rlar ortasida mol-mulkni bo‘lishda nizo bo‘lmasligi ham mumkin. Biroq, merosxo‘rlar o‘tasida nizo kelib chiqmasligiga ham hech kim, hech qachon kafolat berolmaydi.
Shu o‘rinda aytish mumkinki, vasiyatnoma– fuqorolar o‘z mulkini vafotidan keyingi taqdirini o‘z xohish-irodasi bo‘yicha tasarruf qilishining yagona usulidir.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra vasiyatnoma yozilgan joyi va vaqti ko‘rsatilgan holda yozma shaklda tuzilishi lozim. Notarial tasdiqlangan vasiyatnomalar hamda notarial tasdiqlangan vasiyatnomalarga tenglashtirilgan vasiyatnomalar yozma shaklda tuzilgan hisoblanadi.
Fuqarolik kodeksining 1120-moddasi talablariga muvofiq vasiyatnomayani vakil orqali tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi. Fuqaro o‘zining barcha mol-mulkini yoki uning muayyan qismini qonun bo‘yicha merosxo‘rlar doirasiga kiradigan yoki kirmaydigan bir necha shaxsga, shuningdek, yuridik shaxslarga, davlat yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga vasiyat qilishi mumkin.
Vasiyat qiluvchi qonun bo‘yicha merosxo‘rlardan bittasini, bir nechtasini yoki hammasini izoh bermagan holda merosdan mahrum qilishga haqli.
Aksariyat hollarda vasiyatnoma rasmiylashtirilmaganda meros masalalarida nizo vujudga keladi hamda yaqin qarindoshlar o‘ratsidagi munosabatlarga putur yetadi.
Vasiyatnoma rasniylashtirish orqali fuqarolar vafotidan so‘ng oila a’zolarining tinch va hamjihat hayot kechirishlariga tahdid soladigan ziddiyatlarning oldini oladi.
Xulosa shuki, tegishli tartibda tasdiqlangan vasiyatnoma vorislar or‘tasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kelishmovchiliklarning oldini olishi bilan birga qarindoshlik munosabatlarini ham saqlab qoladi. Shuningdek, meros qoldiruvchilar o‘z mulkning keyingi taqdirdan xotirjam bo‘ladi.

Xilola Sulaymanbekova,
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimi