Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Yoshlar bilan uchrashuv qizg'in kechdi


Har bir davlatning kuch-qudrati, salohiyati, ertangi kuni yoshlarning unib-o‘sib hayotga qanday inson bo‘lib kirib kelishiga bevosita bog‘liq. Shu bois ta’lim dargohlarida o‘quv-tarbiya ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari, mas’ul xodimlari ishtirokida bo‘lib o‘tadigan turli uchrashuv va davra suhbatlari yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy va siyosiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.
“Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari” mavzusida Guliston davlat universitetida tashkil etilgan tadbir mamlakatimizda inson huquqlarini ta’minlashga qaratilgan islohotlar mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish, talaba yoshlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash, shuningdek, adliya va sud organlari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadiga qaratildi.
Unda Sirdaryo viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i Saloxiddin Sattorov, viloyat sudining raisi Azamjon Xudoyberdiyev, viloyat ma’muriy sudining raisi Abduxalim Axmedovlar ishtirok etishdi.
Muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi mazmun-mohiyati, inson huquqlarini himoya qilishda adliya va sud organlarining roli haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
- Inson uchun hamisha uning huquqi, erkinligi va qonuniy manfaatlaridan muhim qadriyat bo‘lmagan. Mamlakatimizda aynan bu borada keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda, - dedi Adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Sattarov o‘z ma’ruzasida. Inson qadri Taraqqiyot strategiyasining asosi bo‘ldi.
Jarayonda yoshlar tomonidan inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, ta’lim-tarbiya, fuqarolik jamiyati institutlarining faolligini oshirish, zamonaviy texnologiyalar kabi yo‘nalishlarda qator takliflar ilgari surildi.
Bir so‘z bilan aytganda, Huquqshunoslarning universitet talabalari bilan uchrashuvi qizg‘in kechdi. O‘zaro savol-javob, bahs-munozara tadbir ta’sirchanligini oshirdi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati