Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Mahkumlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ta’minlanadi


Mahkumlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ta’minlanadi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda mahkumlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishini, ularning huquq va erkinliklariga rioya etilishini, sha’ni va qadr-qimmati hurmat qilinishini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda, shu jumladan ozodlikdan mahrum etish joylarida mahkumlarni saqlash shart-sharoitlarini insonparvarlik nuqtai nazaridan yanada yaxshilashni nazarda tutuvchi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
"O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga mahkumlarning huquqlari ha qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan o'zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni mahkumlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.
Xovos tuman adliya bo‘limi tomonidan tumanda joylashgan tergov hibsxonasida tashkil etilgan tadbirda mazkur qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Ta'kidlanganidek, Qonun bilan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning umumiy mehnat stajiga ishlangan hamda ijtimoiy soliq to‘langan davrni qo‘shib hisoblashni nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Shu bilan birga, jinoyat-ijroiya qonunchiligiga mahkumlarga nisbatan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatini kamsituvchi muomala yoxud jazo turlarining qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmasligi haqidagi normalar, shuningdek mahkumlarning tuzalish yo‘liga o‘tganligini belgilovchi mezonlar kiritilmoqda.
Tadbirda ana shular haqida batafsil ma'lumotlar berilib, ishtirokchilarni mavzu yuzasidan savollariga javoblar berildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati