Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

SO'RAGAN EDINGIZ...


❓Savol: Men o‘zimga tegishli bo‘lgan “Cobalt” rusumli mashinamni o‘g‘limga qoldirish to‘g‘risida vasiyatnoma rasmiylashtirgan edim. Bugungi kunda pul zarur bo‘lib qoldi. Endi mashinani sotish uchun vasiyatnomani bekor qildirishim kerakmi?

❗️Javob: Mazkur holatda o‘zingizga tegishli bo‘lgan avtomashinaga nisbatan vasiyatnoma mavjudligi ushbu avtomashinaga egalik qilishda hech qanday to‘sqinlik qilmaydi.
Siz avtomashinani bemalol sotishingiz mumkin. Bunda vasiyatnomani bekor qilish yoki o‘g‘lingizning roziligini olishingiz talab qilinmaydi.

Savolga Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimi Xilola Sulaymanbekova javob berdi.

▶️ Kanalga ulanish:????https://t.me/huquqiytargibot