Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Tadbirkor manfaati sudda himoya qilindi


Yakka tartibdagi tadbirkor Sh.Ibrohimovning Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasiga qilgan murojaati oʻrganib chiqildi.
Aniqlanishicha, 2021-yil 1-iyun kuni Sh.Ibrohimov bilan Guliston shahar hokimligi oʻrtasida metall konstruksiyali tunda yoritib turuvchi, turli shaklda ko‘rinuvchi reklama qurilmalarini tayyorlash va o‘rnatish yuzasidan shartnoma tuzilgan.
Shartnoma shartlariga ko‘ra, tadbirkor reklama qurilmalarini tayyorlab belgilangan joyga o‘rnatib bergan.
Biroq, shahar hokimligi tomonidan 495 350 000 soʻm miqdordagi pul mablag‘i to‘lab berilmagan.
Mazkur qarzdorlik taraflar oʻrtasida 2021-yil 30-noyabr kuni va 2022-yil 28-sentabr kuni tasdiqlangan o‘zaro hisob-kitoblar solishtirma dalolatnomasida ham oʻz aksini topgan.
Yuqoridagilarga ko‘ra, adliya boshqarmasi tomonidan Sh.Ibrohimov manfaatida Guliston tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo ariza kiritildi.
Natijada Guliston shahar hokimligi hisobidan Sh.Ibrohimov foydasiga 495 350 000 (to‘rt yuz to‘qson besh million uch yuz ellik ming) so‘m miqdorda mablag‘ undirish yuzasidan sudning hal qiluv qarori chiqarildi.

Jahongir Shomizayev,
Sirdaryo vioyat adliya boshqarmasi Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘limi boshlig‘i