Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

«Qizil» toyifaga kirgan mahallalarda manzilli targ'ibot kuchaytiriladi


Aholi orasida maʼnaviy-maʼrifiy va huquqiy targ‘ibot ishlarini samarali tashkil etish jamiyatda qonun ustuvorligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Sirdaryo tumani adliya bo'limi xodimlari tashabbusi bilan tumandagi “Kamolot”mahalla fuqarolar yig‘inida tadbir tashkil etildi. Mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli va yoshlar masalalari yetakchisi hamda profilaktika inspektorlari ishtirok etgan muloqotda hududlardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yaxshilash hamda jinoyatchilikni jilovlash masalasi muhokama markazida bo‘ldi.
Targ‘ibotda fuqarolarning huquqiy dunyoqarashini yuksaltirish, jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalasi ustuvor vazifalardan ekanligi, huquqiy targ‘ibot tizimining samarali mexanizmlari yaratilganligiga qaramay, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘pligi aytildi. Bu borada Vazirlar Mahkamasining “2022-2023 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi.
Mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi orasida qonunni hurmat qilish madaniyatini shakllantirish, mavjud muammolarni manzilli hal etishda “fuqarobay” ishlash metodikasini keng targ‘ib qilish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Sirdaryo viloyat aliya boshqarmasi Axborot xizmati