Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

"Vorislik huquqi" aksiyasi o'tkazilmoqda


Oilalarda meros bilan bog‘liq nizolarning oldini olish, shuningdek fuqarolarning mol-mulkka bo‘lgan huquqlarini ta’minlash, ularning bu sohadagi huquqiy bilimlarini yanada oshirish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan “Vorislik huquqi“ aksiyasi o‘tkazilmoqda.
Aksiya doirasida Guliston tuman adliya boʻlimi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarida, mahallalarda targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda. Navbatdagi tadbir Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi tuman boʻlimida bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida vorislik tushunchasi va uning turlari haqida batafsil ma’lumotlar berilib, ishtirokchilarni mavzu yuzasidan qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati