Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirganlik uchun javobgarlik bor


Mirzaobod tumanida joylashgan 532-sonli safarbarlik chaqiruvi rezervi batalyonida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil qilindi.
Unda adliya boshqarmasi mas‘ul xodimi X.Sulaymanbekova ishtirok etib, “Rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirganlik uchun javobgarlik” mavzusida ma’ruza qildi.
Ta’kidkandiki, hujjatlarni qalbakilashtirish — muayyan huquq beradigan yoki muayyan majburiyatlardan ozod etadigan rasmiy hujjatlar, shtamp, muhr, blankalar tayyorlash va foydalanish bilan bogʻliq jinoyat hisoblanadi.
Jinoyat kodeksining 228-moddasida hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanganlik uchun javobgarlik belgilangan.
Muloqot davomida mavzu yuzasidan batafsil ma'lumotlar berilib, hujjatlarni qalbakilashtirish yo‘li bilan harbiy yoki muqobil xizmatdan bo‘yin tovlaganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanashi tushuntirildi.

Sirdaro viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati