Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Adliya boshqarmasida "Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etish: muammo va yechimlar” mavzusida tadbir tashkil etildi


Ma’lumki, ijtimoiy munosabatlar kundan kunga rivojlanayotgan davrda bir shaxs huquqlarini ikkinchi shaxs huquqlaridan farqlash, insonning huquq va majburiyatlarini aniq ifodalash, uning tug‘ilishi, o‘limi, shuningdek, muayyan yoshga yetganda nikohini tuzish yoki nikohdan ajralish kabi faktlarni tegishli tarzda rasmiylashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Tabiiyki, mazkur faktlarni qayd etish va ularning hisobini yuritish fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda viloyat sudi bilan hamkorlikda “Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etish: muammo va yechimlar” mavzusida tashkil etilgan seminarda ushbu yo‘nalishdagi ishlar va kelgusidagi vazifalar muhokamasiga bag‘ishlandi. Tadbirda fuqarolik va ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlar sudyalari, adliya boshqarmasi hamda FHDY bo‘limlari xodimlari ishtirok etishdi.
Dastlab, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Sirdaryo viloyat sudi sudlov hay’ati raisi G.Alimova  fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd qilish bilan bog‘liq murojaatlar, sudlar tomonidan qabul qilinayotgan hal qiluv qarorlarining FHDY organlari tomonidan ijro qilinishi bilan bog‘liq muammolarga to‘xtalib o‘tdi.
Ta’kidlanganidek, fuqarolik holati dalolatnomalarini rasmiylashtirishda sudlar va FHDY organlarining hamkorligi hujjatlarni o‘rnatilgan meyoriy talablar darajasida to‘ldirish fuqarolar o‘rtasidagi turli ovoragarchiliklarga barham beradi.
Seminarda fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlaridagi xatoliklarni tuzatish, o‘zgartirish, qo‘shimchalar kiritishda amaliyotda uchrayotgan masalalar yuzasidan ham fikr-mulohazalar bildirildi.
Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari davlat ahamiyatiga molik hujjat hisoblanishi bois, mazkur hujjatlarni qonunchilik hujjatlariga mos holda rasmiylashtirish muhim vazifa ekanligi alohida ta’kidlandi.
Yakunida FHDY bo‘limlari hamda sudlar o‘rtasida hamkorlikni yanada kuchaytirish, hujjatlar almashinuvida intergatsiya jarayonini takomillashtirish, fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini rasmiylashtirishda fuqarolar ovoragarchiligini oldini olishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati