Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Diniy tashkilotlarning faoliyati tahlil qilindi


Sirdaryo viloyatida bugungi kunda 89 ta diniy tashkilotlar mavjud bo‘lib, shundan, 77 tasi islomiy va 12 tasi noislomiy diniy tashkilotlar hisoblanadi. Adliya organlari tomonidan diniy tashkilotlar faoliyatida ustav va qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan doimiy nazorat olib boriladi.
Adliya boshqarmasida viloyat hokimligi, davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar boshqarmalari bilan hamkorlikda “Vijdon erkinligini ta’minlash diniy tashkilotlar faoliyatining asosidir” mavzusida o‘tkazilgan tadbirda diniy tashkilotlarning 2022-yildagi faoliyati tahlil qilindi.
Darhaqiqat, din mavzusi va dindorlar bilan bog‘liq masalalar hamisha dolzarb. Ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan izchil islohotlar jamiyat va davlat hayotida dinning rolini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadbirda diniy tashkilotlar sohasida qonun hujjatlariga rioya etilishi ahvoli tahlil qilinib, bu borada aniqlangan xato va kamchiliklarga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek tadbirda adliya boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilgan “Diniy tashkilotlar faoliyatiga oid hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha Uslubiy qo‘llanma” taqdimoti o‘tkazildi.
Yakunda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mas'ullar tomonidan tegishli javoblar berildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati