Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Sirdaryo viloyat hokimligida seminar-trening tashkil qilindi


Sirdaryoda viloyat hamda tuman (shahar)lar hokimliklarida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar uchun seminar-trening tashkil qilindi.
Mazkur tadbir tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularda muloqot madaniyati va notiqlik ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadiga qaratildi.
Seminarda adliya boshqarmasi mas‘ul xodimi X. Sulaymanbekova, shuningdek, Davlat boshqaruvi akademiyasining professor-o‘qituvchilari, viloyat hokimligi mas‘ul xodimlarining ma‘ruzalari tinglandi va mavzuga doir mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Xususan, xafta davomida qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati X. Sulaymanbekova tomonidan ishtirokchilarga xalqchil tilda tushuntirildi.
Jarayonda viloyatning investitsion salohiyatini yuksaltirish, ijtimoiy sohalar, jumladan, ta‘lim sifatini oshirish masalalariga alohida e‘tibor qaratildi.
Tadbir nihoyasida ishtirokchilarning fikr-mulohazalari inobatga olinib, mazkur yo‘nalishdagi treninglarni tizimli ravishda o'tkazishga  kelishib olindi.

    Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati