Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Davlat organlari va tashkilotlariga sifatli va professional yuridik xizmat ko'rsatilmoqda


Yuridik xizmati mavjud bo‘lmagan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini, ayniqsa, o‘rta va quyi bo‘g‘inda huquqiy jihatdan ta’minlash hamda ularga sifatli va professional xizmat ko‘rsatish Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridir.
Markazlar tomonidan bugungi kunda 20 ta davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatilmoqda. Shuningdek barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalar ham to‘liq qamrab olingan.
Mazkur tashkilotlar “E-huquqshunos” elektron tizimiga integrasiya qilinib, ularga yuridik xizmat ko‘rsatilmoqda.
Sirdaryo tuman Yuridik xizmat ko’rsatish markazi tomonidan Sirdaryo tuman SEO va JS bo'limida o‘tkazilgan targ’ibot tadbirida «E-huquqshunos» elektron tizimining imkoniyatlari, hujjat matnini tizimga kiritish, tahrir qilish, yangilash, ilovalarni biriktirish va xulosa berish uchun markazlarga yuborish bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.
Shuningdek, uchrashuv mobaynida yangi qabul qilingan bir qator qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati tushuntirilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati