Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Paymardliklarga sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi


“Paymard” mahallasi Sayxunobod tumanidagi olis hududlardan bir sanaladi. Davlat xizmatlari markazi tomonidan aholiga xizmat ko‘rsatish maqsadida aynan ushbu manzil tanlandi. Sayyor xizmatlar Muxtarali Umirzakov xonadonida tashkil etildi.
Shu kuni Muxtorali akaning nafaqat oila a’zolari, balki mahalladoshlari, qarindoshlari ham sayyor xizmatdan bahramand bo‘lishdi.
Jarayonda sayyor tartibda 4 turdagi jami 86 ta davlat xizmatlari koʻrsatildi.
Shundan, bolani davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga joylashtirish uchun ariza berish boʻyicha – 17 ta, pensiya (nafaqa) haqida maʼlumot boʻyicha – 8 ta,  elektron raqamli imzo kalitini berish boʻyicha – 26 ta xizmatlar ko‘rsatildi. 35 nafar fuqaro Mobil-ID tizimiga indentifikatsiya qilindi.
Shu bilan birga Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun kelgan mahalla aholisiga xizmatlardan online foydalanish haqida tushunchalar berildi.
Paymartliklar  uchun sayyor xizmat qulay imkoniyat bo‘ldi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati