Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda hamkorlik kuchaytiriladi


Sirdaryo viloyati "Nodavlat notijorat tashkilotlari uyi" binosida Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi huzuridagi Ijtimoiy sheriklik bo‘yicha Jamoat komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Tog‘ayev ishtirok etdi.
Jarayonda kun tartibidan o'rin olgan ettita masala yuzasidan ma’lumotlar komissiya a’zolari e’tiboriga yetkazildi.
Shuningdek yig‘ilishda Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash to‘g‘risidagi masala atroflicha ko‘rib chiqilib, tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Yakunda kun tartibidagi masalalar muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi hamda ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olindi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati