Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

O‘z mol-mulking taqdirini o‘zing hal qil?


   O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 54-moddasida mulkdorning o‘z mulkiga o‘z xohishicha egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf qilish huquqi mustahkamlangan. Mulkdor o‘zining yuqorida qayd etilgan mulkka nisbatan barcha huquqlaridan hayotlik chog‘ida bevosita foydalanadi. Shuningdek, o‘zi hayotlik chog‘ida o‘z mulkining vafotidan keyingi taqdirini vasiyatnoma qoldirish orqali oldindan belgilashi ham mumkin. Vorislik huquqi mol-mulkka nisbatan vasiyat asosida yoki qonun bo‘yicha amalga oshirish orqali vujudga keladi.

Fuqaroning o‘ziga tegishli mol-mulkni yoki bu mol-mulkka nisbatan huquqini vafot etgan taqdirda tasarruf etish xususidagi xohish-irodasi vasiyat deb e’tirof qilinadi.

Vasiyatnoma shaxsan tuziladi va vasiyatnomaning vakil orqali tuzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Fuqaro o‘zining barcha mol-mulkini yoki uning muayyan qismini qonun bo‘yicha merosxo‘rlar doirasiga kiradigan, shuningdek kirmaydigan bir yoki bir necha shaxsga, shu bilan birga yuridik shaxslarga, davlatga yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga vasiyat qilib qoldirishi mumkin.

Vasiyat qiluvchi qonun bo‘yicha merosxo‘rlardan bittasini, bir nechasini yoki hammasini izoh bermagan holda merosdan mahrum qilishga haqli.

Meros qoldiruvchi har qanday mol-mulk to‘g’risidagi farmoyishni o‘z ichiga oladigan vasiyatnoma tuzishga haqli.

Meros qoldiruvchi vasiyat qilayotgan paytida o‘ziga tegishli bo‘lmagan mol-mulk to‘g’risidagi farmoyishni o‘z ichiga oladigan vasiyatnoma tuzishga haqli. Agar meros ochilgan paytga kelib, bunday mol-mulk unga tegishli bo‘lib qolsa, tegishli farmoyish haqiqiy hisoblanadi.

Meros qoldiruvchi vasiyatnoma tuzilganidan keyin uni istagan paytda bekor qilish va o‘zgartirish borasida erkin bo‘lib, bunda bekor qilish yoki o‘zgartirish sabablarini ko‘rsatishga majbur emas.

Meros qoldiruvchi o‘zi vasiyatnomada merosxo‘r etib tayinlagan shaxslarga, o‘z navbatida vafot etishlari ehtimoli bilan o‘zlariga vasiyat qilingan mol-mulkni muayyan tarzda tasarruf etish xususida ko‘rsatma berish majburiyatini yuklashga haqli emas.

Vasiyatnoma notarial tasdiqlangan holda yoki qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa talablarga mos ravishda tuzilgan bo‘lishi shart hisoblanadi.

Vasiyat bo‘yicha vorislikda shaxs mol-mulkiga nisbatan bo‘lgan huquqni o‘z hoxish-irodasini ifoda etib, mulkining keyingi taqdirini o‘zi hal qiladi.

Qonun bo‘yicha vorislikda shaxs o‘ziga tegishi bo‘lgan mol-mulkini keyingi taqdirini hal etish maqsadida vasiyatnoma tuzmagan hollarda qonun bo‘yicha merosxo’rlar vorislikda nazarda tutilgan navbat tartibida chaqirish orqali hal etiladi. Bu esa, merosxo‘rlar orasida ko‘plab savollar va tushunmovchiliklarni vujudga kelishiga sabab bo‘ladi.

Ana shu nuqtai nazardan, shaxs hayotlik davrida, o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulking keyingi taqdirini o‘zi hal qilishi lozim, albatta bu merosxo‘rlar o‘rtasida mulkni taqsimlash bilan bog‘liq nizolarning oldini olishda muhim omildir.

  

I.Qayumov,
Xovos tuman adliya bo‘lim boshlig’i