Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

SAYYOR XIZMAT - TAYYOR XIZMAT, QULAY IMKONIYAT


Xovos tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan “Mustaqillik” mahallasida aholiga sayyor xizmat ko‘rsatish maqsadida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda dastlab aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga davlat xizmatlari markazi tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmat turlari va ulardan foydalanish tartibi tushuntirildi.
Sayyor xizmat davomida bolani davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish, elektron raqamli imzo kalitini olish, kadastr pasportini rasmiylashtirish, fuqarolarni jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimiga hisobga olish bo‘yicha 30 dan ziyod davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi