Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Xalqning sud tizimiga bo‘lgan ishonchi yanada mustahkamlanadi


«Inson qadri uchun» g‘oyasi asosida chinakam adolatli sud tizimini shakllantirish hamda uning faoliyatini xalq manfaati va inson qadr-qimmatini samarali himoya qilishga yo‘naltirish, adolatli sud qarorlari qabul qilinishiga erishish orqali xalqning, shu jumladan, tadbirkorlarning sud tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, har bir shaxs sud va sudyalar siymosida o‘zining ishonchli himoyachisini ko‘rishiga erishish odil sudlovni ta’minlashning ustuvor vazifalaridan biridir.
Oqoltin tuman hokimligida tashkil etilgan targ‘ibot tadbirida tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Alisher Ziyayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”ga hamda “Odil sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonlari mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Tadbirda «Yangi O‘zbekiston — yangi sud» tamoyili doirasida aholining odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, sohaga ilg‘or xalqaro standartlarni joriy etish, «Sudlarda prokuror ishtiroki» axborot tizimini yaratish borasida belgilangan vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi