Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Ma'muriy islohotlar: sifat va samara


Mamlakatimizda yangi O‘zbekistonni barpo etishning muhim sharti hisoblangan samarali faoliyat yurituvchi boshqaruv tizimini shakllantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ma’muriy islohotlar amalga oshirildi. “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni vazirlik va idoralar faoliyatini samarali tashkil qilishga yo‘naltirilgan birinchi navbatdagi chora-tadbirlarni belgilashda muhim huquqiy asosdir.
Ayni kunlarda mazkur farmon mazmun-mohiyati joylarda keng targ‘ib qilinmoqda. Sirdaryo viloyati suv sporti turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar – o‘'smirlar sport maktabida tashkil etilgan tadbirda Guliston shahar adliya bo‘limi boshlig‘i Nazar Qarshiboyev hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi Saydazim Xojanazarov tomonidan farmon mazmun-mohiyati va ahamiyati batafsil tushuntirildi.
Muloqot mobaynida ma’muriy islohotlar ham o‘zgarishlarga doir savollarga mas’ullar tomonidan tegishli javoblar berildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi