Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

"HUQUQIY KO'MAK DARCHASI" YURIDIK MASLAHATGA TAYYOR


Xabaringiz bor, viloyatimizda barcha tuman (shahar) adliya bo‘limlarida “Huquqiy ko‘mak darchalari” faoliyat ko‘rsatmoqda.
«Huquqiy ko‘mak darchalari» sud, davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, advokatura hamda boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda qonunchilikdagi sudlar faoliyati bilan bog‘liq hamda sud-prosessual tartiblar haqida fuqarolarga og‘zaki huquqiy tushuntirishlar hamda maslahatlar berish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshiradi.
Guliston tuman adllya bo`limi tomonidan ham «Huquqiy ko`mak darchasi» orqali fuqarolarga samarali xizmat ko‘rsatilmoqda. Jumladan, “Chortoq” MFYda yashovchi fuqaro Y.Xasanovga sud-prosessual tartiblari haqida zarur huquqiy tushuntirishlar berildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi