Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Elektron advokatlik orderini berish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi


Mamlakatimizda advokatura institutining salohiyatini oshirish, sohani yanada takomillashtirish, “raqamli advokatura”ni rivojlantirish kabi masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Advokatura faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori tizim faoliyatida inson omilini bartaraf etish orqali advokatura institutining davlat organlari va boshqa tuzilmalardan mustaqilligini oshirish imkonini beradi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Advokatlar palatasining Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasida tashkil etilgan targ‘ibot tadbirida mazkur qaror mazmun-mohiyati xususida atroflicha so‘z bordi.
Ta’kidlanganidek, advokatura tizimiga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etishning ahamiyati beqiyos. Mazkur qaror advokatura faoliyatida ortiqcha sansalorlik, byurokratiya hamda qog‘ozbozlikka chek qo‘yish, uning faoliyatida sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat organlari bilan elektron hujjatlar almashinuvini yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.
- 2023 yil fevraldan advokatlik tuzilmalari advokatlarga muayyan ishni olib borish uchun beriladigan an’anaviy shakldagi order maqomiga teng bo‘lgan maxsus QR-kod qo‘yilgan “Elektron advokatlik orderi”ni berish amaliyotini yo‘lga qo‘yadi, - deydi Adliya boshqarmasi mas’ul xodimi Iroda Muhammadiyeva. Order muqobillik asosida qog‘oz shaklda rasmiylashtirilganida, ushbu order haqidagi ma’lumotni “Yuridik yordam” axborot tizimiga kiritish majburiy hisoblanadi. Advokat so‘rovi shakliga qo‘yilgan talablar, shu jumladan unga orderning ko‘chirma nusxasini ilova qilish, orderni qayd etish daftarini yuritish talablari bekor qilinadi.
Tadbirda “Elektron advokatlik orderi”ni berish tartibi batafsil tushuntirilib, advokatura faoliyati uchun zarur axborot tizimlari, ma’lumotlar bazalari va boshqa dasturiy mahsulotlarni shakllantirish hamda ularda saqlanadigan ma’lumotlarning kompleks himoya qilinishi va maxfiyligini ta’minlash lozimligi alohida qayd etildi.
Yakunda advokatlarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi