Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Sayyor xizmat sayxunobodlik fuqaro xonadonida tashkil etildi


Har bir inson hayot tashvishlari bilan band. Har tong kimdir ishga, yana kimdir yumushga shoshiladi. Zarurat tug‘ilsagina ayrim chala qolgan ishlarimizni bitirishga arang vaqt ajratamiz. Bugun davlat xizmatlari sohasidagi o‘ziga xos yondashuv ushbu yo‘nalishda aholiga har tomonlama qulaylik yaratmoqda. Ayniqsa, mobil xizmatlar uchun insonlar gavjum hududlar, olis manzillar tanlanmoqdaki, natijada fuqorolarning ham vaqti, ham naqdi tejalmoqda.
Sayxunobod tumani DXM xodimlari tomonidan tumandagi olis hududlardan biri bo‘lgan “Yangi hayot” mahallasida sayyor xizmat tashkil etildi. Eng muhimi, ushbu tadbir Farhod Qurbonov xonadonida o‘tkazildi.
Farhod aka qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yer uchastkasi olmoqchi. Bu elektron tanlov orqali amalga oshiriladi. Tanlovda ishtirok etish uchun elektron raqamli imzo kerak. Sayxunobod tuman davlat xizmatlari markazi xodimlari bu borada eng yaqin ko‘makchi bo‘ldi.
- Mahallamiz tuman markazidan ancha olisda joylashgan, – deydi F.Qurbonov. – Shu bois davlat xizmatlari bilan bog‘liq masalalarda tumanga borishga doim ham vaqt topolmaymiz. Davlat xizmatlari markazi mutaxassislari iltimosimizni inobatga olib, xonadonimizga kelishi bizni quvontirdi.
Shu kuni Farhod Qurbonovning xonadonida barcha yaqinlari, qo‘ni-qo‘shni, qarindosh –urug‘lari jam bo‘ldi. Sayyor xizmat davomida 21 nafar fuqaroga ERI kaliti olish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lsa, 24 nafar fuqaro “Mobil-ID” tizimiga identifikasiya qilindi. Shuningdek, 1 ta yuridik korxona ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Bir so‘z bilan aytganda, mazkur sayyor tadbir samarali bo‘ldi, fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatilishi bilan birga, sohaga oid bepul huquqiy maslahatlar ham berildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi