Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

"Snos"ga tushgan do'kon uchun kompensatsiya to'lanadigan bo'ldi


Fuqaro X.Saidov 2-guruh nogironi bo‘lsada, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. 2013-yilda Guliston shahar dehqon bozori hududidan fuqaro B.Ismoilovga tegishli 3 ta do‘konni xarid qilib oldi. Ikkitasini o‘z nomiga rasmiylashtirdi, biroq mablag‘ bilan bog‘liq muammolar sabab uchinchi do‘konni o‘z egaligiga o‘tkaza olmadi. 2016-yilda B.Ismoilovga tegishli (2022-yil 19-oktabrda ishonchnoma asosida fuqaro X.Saidovga berilgan) ana shu do‘kon “snos”ga tushdi.
X.Sayidov tomonidan ushbu do‘kon ishonchnoma asosida 80 815 739 so‘mga baholandi. Oradan olti yil muddat o‘tgan bo‘lsada, Guliston shahar hokimligi tomonidan ushbu kompensatsiya puli to‘lab berilmagan. “Otangga bor, onangga bor” qabilida ish tutilavergach, X.Sayidov o‘z konstitutsion huquqidan foydalanib, Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qildi.
Mazkur murojaatni o‘rganish davomida quyidagilar aniqlandi.
Guliston shahar hokimining 2016-yil 20-iyuldagi Guliston shahrining bosh rejasiga asosan Guliston shahar dehqon bozori hudududagi savdo do‘konlari va noturar binolar, markaziy dehqon bozori hududi A.Navoiy ko‘chasida joylashgan savdo do‘konlari, Guliston shahar temir yo‘l hududi bo‘ylab savdo majmuasi do‘konlari, Turkiston ko‘chasidagi yoyma bozoridagi do‘konlar buzilishga tushganligi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli ko‘chmas mulk ob’yektlarini buzish to‘g‘risidagi 1353-sonli qaroriga asosan ushbu yer maydonlari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun shahar hokimligi zahirasiga qaytarib olingan.
Shunga ko‘ra, Guliston shahar eski dehqon bozori hududida joylashgan fuqaro I.Ismoilovga tegishli (2022-yil 19-oktabrda ishonchnoma asosida fuqaro X.Saidovga berilgan) savdo do‘koni ham ushbu qarorga asosan buzilgan. Bino haqiqatdan ham buzilganligi sababli kadastr hujjati bekor qilinib, davlat ro‘yxatidan chiqarilgan.
Guliston shahar hokimligi va fuqaro X.Saidov o‘rtasida 2022-yil 13-oktabrda kelishuv bitimi tuzilgan bo‘lib, mustaqil baholovchi tashkilot tomonidan mulk qiymati 80 815 739 so‘mga baholangan bo‘lsada, ushbu kompensatsiya pullari to‘lab berilmagan.
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 97-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 8-bandida buzilayotgan uylar, boshqa imoratlar, inshootlar va dov-daraxtlar qiymatini fuqarolarga to‘lash, shuningdek, yer uchastkasini olib qo‘yish munosabati bilan mulkdorlarga yetkazilgan zararlarni qoplash belgilangan.
Yuqoridagilarga asosan Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro X.Saidov manfaatida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi. Sud jarayonida 40 000 000 so‘m Moliya bo‘limi tomonidan to‘lab berilganligi haqida ariza taqdim etilib, da’vo summasi o‘zgartirildi.
Ish xolisona ko'rib chiqilib, da'vo arizasi qanoatlantirildi. Sudning hal qiluv qarori bilan Guliston shahar hokimligi hisobidan B.Ismoilov (X.Saidov ishonchnoma asosida faoliyat yurituvchi) foydasiga 40 815 739 so‘m kompensatsiya undirilishi belgilandi.
Adliya aralashgach, fuqaroni yillar davomida qiynab kelayotgan muammo ijobiy yechim topdi.

Javohir Komilov,
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqni qo'llash amaliyotini o'rganish bo'limi katta maslahatchisi