Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Xotin-qizlarning muammolari o'rganildi


Mamlakatimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashning o‘ziga xos tizimi yaratildi.  Ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan, ishsiz xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo‘yicha ma’lumotlar bazasi bo‘lgan ayollar daftarini joriy etish orqali xotin-qizlarga har tomonlama ko‘mak berilmoqda.
Shirin shahar adliya bo‘limi tomonidan “Do‘stlik”, “Mirzo Ulug‘bek” mahallalarida "Temir daftar"da ro'yxatda turgan va xatlov jarayonida 2023-yilda "Ayollar daftari"ga kirish istagini bildirgan xotin-qizlarning muammolari o‘rganildi.
Suhbatlar davomida subsidiya, moddiy yordam, nafaqa tayinlash, uy-joyni rasmiylashtirish, kommunal to‘lovlar kabi masalalarda xotin-qizlarni qiynab kelayotgan savollarga zarur huquqiy tushuntirishlar berildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi